Afrika yaqinida qaroqchilar neft tankeriga hujum qildi

Foto: Splash 247
Afrika yaqinida, Gvineya ko‘rfazida qaroqchilar Britaniyaning Union Maritime Ltd. kompaniyasiga tegishli Duke neft tankeriga hujum qildi.
Ta'kidlanishicha, Angoladan Togoga yo‘nalayotgan tanker 15 dekabrda hujumga uchragan.
Lloyd's List nashrining xabar berishicha, Marshall orollari bayrog‘i ostida suzgan tanker Lome portidan 110 dengiz mili uzoqligida hujumga uchragan. Qaroqchilar kema ekipajining 20 a'zosini garovga olgan. Ular orasida Hindiston va Nigeriya fuqarolari bor. Bir dengizchi kemada uni boshqarish uchun qoldirilgan.
Mavzuga oid

20:43 / 09.03.2025
Afrikaning 15 ta davlati 2024 yilda internetni bloklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi

16:24 / 06.02.2025
O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

09:05 / 31.01.2025
Rossiya Suriyadagi harbiy kontingentini Liviyaga ko‘chiradimi?

14:52 / 24.01.2025