Yangi Zelandiyada vulqon otilishi qurbonlari soni 16 nafargacha oshdi

Jahon 10:40 / 15.12.2019 3547

Yangi Zelandiyaning Uayt-Aylend orolida vulqon otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 nafargacha oshdi. Bu haqda The New Zealand Herald nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, yana 2 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Vulqon 9 dekabrda otilganda orolda 47 kishi, jumladan Avstraliya, Britaniya, AQSh, Xitoy va Malayziyadan sayyohlar bo‘lgan. Dastlab 9 kishining jasadi, keyinroq esa maxsus qidiruv amaliyoti davomida yana 6 jasad aniqlangan. Yana bir kishi shifoxonada jon bergan.  

Hozirda 29 kishi Yangi Zelandiya va Avstraliyaning kuyish jarohatlarini davolash markazlarida davolanmoqda. Ulardan 11 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: