Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari miqdori joriy yilning dastlabki uch choragida 14 foizga oshgan

O‘zbekiston 01:21 / 15.12.2019 14016

Rossiya Federatsiyasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan 2019 yilning dastlabki uch choragi (yanvar – sentabr oylari) da O‘zbekistonga jo‘natilgan pullar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ortgan.

Rossiya Federatsiyasi markaziy banki tomonidan e'lon qilingan rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning dastlabki uch choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 3 milliard 496 ming AQSh dollari jo‘natilgan.

Bunda, RF rezidentlari tomonidan jo‘natilgan pul mablag‘lari 1 mlrd 235 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, norizidentlar tomonidan jo‘natilgan mablag‘lar 2 mlrd 261 mln dollarga teng bo‘lgan.

Umumiy summa bo‘yicha o‘rtacha jo‘natma miqdori 372 AQSh dollarini tashkil etgan. Rezidentlarning o‘rtacha jo‘natmasi 297 dollar, norezidentlarniki esa 433 dollarga teng bo‘lgan.
Shu davr ichida O‘zbekistondan Rossiyaga 244 mln dollar jo‘natilgan. O‘rtacha jo‘natma miqdori 805 dollarga teng bo‘lgan.

Rossiyadan MDH davlatlariga pul jo‘natishda ham O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston ($1 mlrd 941 mln), Qirg‘iziston ($1 mlrd 460 mln), Armaniston ($821 mln), Ozarboyjon ($654 mln), Qozog‘iston ($394 mln), Gurjiston ($298 mln), Ukraina ($278 mln), Belarus ($195 mln) kabi davlatlar joylashgan.

Rossiyadan bu davr ichida eng ko‘p mablag‘ Shveytsariyaga jo‘natilgan — 3 mlrd 964 millon AQSh dollari. Umumiy ro‘yxatda ham O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda.

Ko‘proq yangiliklar: