Filippinda kuchli zilzila yuz berdi

Jahon 20:36 / 15.12.2019 13991

Filippinning Davao shahri yaqinida 6,8 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila oqibatida bir bola halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohat olgan. Shuningdek, ko‘plab binolarga shikast yetgan.  

Qidiruv-qutqaruv jamoasi a'zolari vayronalar ostidan odamlarni izlashmoqda.

Ta'kidlanishicha, sunami paydo bo‘lishi xavfi yo‘q. 

Filippinda oktyabrning o‘zida ikkita kuchli zilzila yuz berib, uning oqibatida 20 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 400 odam jarohatlangan.

Filippin yuqori seysmik faollikka ega bo‘lgan “Tinch okeani olov halqasi” deb ataluvchi hududda joylashgan. Mamlakatda eng katta talofatga olib kelgan zilzila 1976 yilda yuz bergan. O‘shanda tabiiy ofat 8 mingga yaqin odamning umriga zomin bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: