«Xodimning roziligi bo‘lsa ham maoshdan kommunal to‘lov uchun pul olib qolish mumkin emas» - Adliya vaziri

O‘zbekiston 18:26 / 14.12.2019 26142

14 dekabr kuni Senatning 25-yalpi majlisida Adliya vazirining axboroti tinglandi.

Vazir Ruslanbek Davletovga ko‘ra, qonunchilik buzilayotgan asosiy yo‘nalishlardan biri kommunal soha hisoblanadi.

“Bu sohadagi qonuniylikni nazorat qilish uchun tahlillar o‘tkazildi. Sohada tenderlar o‘tkazilyapti, lekin tenderda hatto qatnashmagan ishtirokchilar hokimliklar tomonidan g‘olib deb e'lon qilib yuborilgan. Bu tizimda shu darajada huquqiy nigilizmga yo‘l qo‘yilmoqda”, − deydi u.

Adliya vazirining axborotiga ko‘ra, o‘qituvchilar va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining oyligidan kommunal to‘lov uchun ularning roziligisiz mablag‘ ushlab qolinishi holatlari kuzatilgan.

“345 mingta holatda sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari va o‘qituvchilarning oyligidan hech bir roziliksiz kommunal to‘lovlar uchun pul saqlab qolingan. Bunday holatlar eng ko‘p Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarda kuzatilgan. Ilgari xodimning shaxsiy roziligi bo‘lgan holdagina kommunal to‘lov uchun maoshdan olib qolishga ruxsat berilgan edi. Bu hujjat o‘ta darajada suiiste'mol qilingani uchun bu tartibni mutlaqo tugatdik. Hech bir holatda − xodimning roziligi bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham uning oyligidan kommunal xizmatlar uchun mablag‘ olib qolish mumkin emas. Bu mehnat qonunchiligi bilan qat'iy tartibga solingan”, − deya ta'kidladi Ruslanbek Davletov.

Ko‘proq yangiliklar: