Senatorlar «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunni ma'qulladi

O‘zbekiston 12:17 / 14.12.2019 3934

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yigirma beshinchi yalpi majlisida senatorlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunni ma'qulladi.

Qonun yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan birga bog‘liq tarzda ishlab chiqilgan. Qonun davlat bojini undirish masalalarini belgilaydigan 38 ta normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir kuchiga ega hisoblanadi. Qonun 5 ta bob va 27 ta modda va ilovadan tashkil topgan. U davlat bojini boshqarish, to‘lash, qaytarish tartibini hamda davlat bojining miqdorlari nazarda tutilgan.

Mazkur qonunning muhokamalari davomida senator Gulchehra Rixsiyeva adliya organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining kamaytirilganligiga to‘xtaldi.

“Ta'kidlashimiz kerak, respublika viloyatlararo nodavlat-notijorat tashkilotlarining stavkasi 4 baravar bo‘lgan bo‘lsa, endilikda 3 baravarga, faoliyatini viloyatda olib boradigan nodavlat-notijorat tashkilotlarning stavkalari 2 baravardan 1 baravarga, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat-notijorat tashkilotlarning stavkalari 2 baravardan 50 foizgacha kamaytirilmoqda”, - deya Gulchehra Rixsiyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qonunni ishlab chiqishda xorijiy tajriba, jumladan Ozarboyjon, Armaniston, Moldova, Tojikiston va Gruziya kabi davlatlarda davlat boji to‘g‘risida qonun ishlab chiqilgani va tasdiqlangani o‘rganilgani aytildi.

Ko‘proq yangiliklar: