Samarqand viloyatida 8 nafar ichki ishlar xodimi ishdan olindi, 14 nafariga intizomiy chora qo‘llanildi 

O‘zbekiston 11:46 / 14.12.2019 21106

Joriy yilning 13 dekabr kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik R.Hotamov huzurida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

IIV axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, kun tartibida bitta masala - shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashda yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar va kelgusida ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Polkovnik R.Hotamov o‘z so‘zida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan, xodimlar orasida muntazam ravishda xizmat intizomi va qonunchilikni buzib kelayotgan, spirtli ichimliklar iste'mol qilishga va axloqqa zid harakatlarni sodir etishga ruju quygan hamda nosog‘lom turmush tarzini o‘ziga odat qilib olgan xodimlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tib, shunday toifadagi xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari orasida ham borligini ta'kidlab, 22 nafar xodimlarga nisbatan turli xil intizomiy qattiq ta'sir choralari ko‘rildi. Shundan 3 nafar xodimlar ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi, 5 nafar xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 14 nafar xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralari qo‘llanildi. 

Bundan tashqari, 11 nafar xizmat intizomi va qonunchilikni buzishga moyil xodimlarni, ularning ota-onalari ishtirokida viloyat IIBdagi “Intizomiy kengash”da muhokama etib, ularni ichki ishlar organlarida qolish-qolmaslik masalasini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari joriy yilning 11 oyi davomida respublika ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan, sodir etilayotgan qo‘pol ravishda xizmat intizomi va qonunchilikni buzilishiga yo‘l qo‘ygan holatlarni muhokama etib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi. 

Ko‘proq yangiliklar: