«Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi qonunning zarurati nimadan iborat?

O‘zbekiston 12:40 / 14.12.2019 1381

Senat yalpi majlisidagi muhokamalar davomida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunning amaldagi tahriri erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini kompleks tartibga solmasligi va takomiliga yetkazilishi zarurligi qayd etildi. 

Qonunosti hujjatlarning ko‘pligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir qiladigan maxsus qonun hujjati mukammal emasligi va barcha zarur masalalar tartibga solinmaganligi tafovutlar va ehtimoliy investorlarda bu sohadagi qonun hujjatlari barqarorligi to‘g‘risida salbiy fikr paydo bo‘lishiga olib kelishi aytildi.

Yangi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonun bilan nimalar belgilanmoqda?

Qonun bilan maxsus iqtisodiy zonalarning turlari va ularning faoliyatini tashkil etish choralari, faoliyat ko‘rsatish muddati uzaytirish, chegaralarni o‘zgartirish va uni tugatish, maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyatini tashkil etish, ularni boshqarish, maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini belgilash, bojxonada tartibga solish, soliq solish va yerdan foydalanish rejimi bo‘yicha asosiy tushunchalar hamda qoidalar belgilanmoqda. 

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Ko‘proq yangiliklar: