Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari: «Kadrlarni to‘g‘ri tanlashimiz kerak»

O‘zbekiston 18:18 / 14.12.2019 8616

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari,  Kadrlar bosh boshqarmasi rahbari Rustam Hotamov 11-12 dekabr kunlari Samarqandda bo‘ldi. Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Oqdaryo tumanlarida bo‘lgan vazir o‘rinbosari ushbu hududlardagi ichki ishlar xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, kadrlar masalasida gapirdi.

«Bugun ichki ishlar sohasida kadrlar tanlashga jiddiy e'tibor qaratishimiz lozim. Biz to‘g‘ri kadr tanlashimiz kerak. Ichki ishlar xodimi nafaqat o‘z ishini bajarishi, odamlarning holidan xabar olishi, ularning muammosi bilan qiziqishi kerak»,— dedi vazir o‘rinbosari Rustam Hotamov ichki ishlar xodimlari bilan uchrashuvda.

Kadrlar bosh boshqarmasi rahbari Samarqandga tashrifi davomida Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida fuqarolarning murojaatlarini eshitdi. Fuqarolar polkovnik Rustam Hotamovga nafaqat ichki ishlar organlari bilan bog‘liq, balki boshqa masalalar bo‘yicha ham murojaat qilishdi. Urgutda qurilayotgan uyini bitkazish uchun yordam so‘ragan fuqarolardan biriga tashrif vaqtida moddiy ko‘mak berildi.

Vazirlik rahbarlaridan bo‘lgan Hotamov mahalliy ichki ishlar organlari xodimlariga odamlarga doimiy yordam berish kerakligini ko‘rsatma berdi. Shuningdek Samarqandga tashrifi vaqtida bir guruh yoshlarga to‘lovsiz pasport berildi.

Ko‘proq yangiliklar: