«Auksionda yutgan shaxs uchun hokimning qarori kerak emas» - Adliya vaziri yer ajratish tartibi to‘g‘risida gapirdi

O‘zbekiston 18:45 / 14.12.2019 16112

«2019 yilda eng ko‘p avj olgan, oxirigacha hal qilinmagandek tuyulgan muammo yer ajratish masalasi bo‘ldi. Yer ajratishni auksion orqali amalga oshirish belgilandi, lekin shunda ham hokimliklar tomonidan qonunbuzarliklar sodir etilgan», − dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Senatning 25-yalpi majlisida bergan axborotida.

Vazirga ko‘ra, 2018 yilning o‘zida 527ta holatda tuman hokimlari tomonidan hech qanday auksionsiz yer berib yuborish holatlari amalga oshirilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

“Hech qanday auksion o‘tkazmasdan shunchaki o‘zining qarori bilan yerni berib yuboravergan. 300 gektar yer shunaqa yo‘l bilan ketgan. Buning orqasidan 20 mlrd so‘m mablag‘ davlat budjetiga tushmay qoldi. Auksionda yutganlarga ham yeri o‘z vaqtida ajratilmagan. Hokimning qarorini uch kungacha kutish belgilangan edi. Ammo hokimlar ikki oydan olti oygacha imzo qo‘ymasdan, sarson qilib cho‘zib yuravergan.

Endilikda yangi tartib amalga kiradi. Hech bir istisnosiz barcha yerlar auksion orqali ajratiladi. Auksionda yutgan shaxs uchun hokimning qarori ham kerak emas. Auksion protokolining o‘zi yerdan foydalanish uchun bemalol asos bo‘ladi. Bu borada hokimliklarning vakolatlarini qisqartirdik”, − dedi Ruslanbek Davletov. 

Ko‘proq yangiliklar: