Adliya vaziri: «Qonunlarni hadeb o‘zgartirmaslik uchun moratoriy belgilash kerak»  

O‘zbekiston 22:05 / 14.12.2019 9245

Ma'lum qilinishicha, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning 10-30 foizi rad etiladi, 90 foizi esa e'tirozlar bilan qaytarilib, qayta ishlanadi. Bu qonunlarning sifati va barqarorligi uchun qilinadigan ishlar ko‘pligini ko‘rsatadi.

“Hatto hali kuchga kirishga ulgurmagan qonunlarga ham o‘zgartirish kiritish hollari bor. Bu borada xolis, bosiq bo‘lish kerak. O‘zbekistonning huquq ustuvor bo‘lgan davlat sifatida tan olinishini istasak, qonunlarni hadeb o‘zgartirmaslik, ularni barqaror ko‘rinishda ishlab chiqish lozim”, ─ deydi adliya vaziri.

Ruslanbek Davletov tez-tez o‘zgaradigan qonunlarga nisbatan ishonch bo‘lmasligini ta'kidladi, o‘zgartirishlarni cheklash uchun qonunlarga moratoriy belgilashni taklif qildi.

“Qonun qabul qilingach, unga 1-2 yil davomida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritmaslik uchun moratoriy belgilash kerak. Shunda qonunni bir martada pishiq ishlab chiqishda idoralarning mas'uliyati ham ortadi”, ─ deydi u.

Ma'lum qilinishicha, sohalarda huquqning qo‘llanilishi bo‘yicha tahlillar o‘tkazilgan bo‘lib, bu borada muammolar borligi aniqlangan. Natijada, mingdan ortiq noqonuniy hujjatlar bekor qilingan, 3000ga yaqin mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka, 1,5 ming nafar amaldor ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Ko‘proq yangiliklar: