Yevropa Ligasi. «Arsenal», «Xetafe», «Ayntraxt» va yana 3ta jamoa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport 01:17 / 13.12.2019 3462

6ta guruhda Yevropa Ligasi guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi.

«Arsenal» mehmonda «Standart» bilan jangovar durang qayd etib, guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. «Ayntraxt» esa mag‘lubiyatga qaramay 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi.

«Xetafe» o‘z uyida «Krasnodar»ni yirik hisobda taslim etib, pley-off masalasini ijobiy hal qildi. Rus jamoasi esa turnirni tark etdi.

Shuningdek, so‘nggi turdan keyin «Malmyo», «Kopengagen», «Kluj» jamoalari ham 1/16 finalga yo‘l olishdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Sevilya», APOEL, «Bazel», «Sporting», LASK, «Seltik», «Espanol», «Gent», «Volfsburg», «Braga», «Vulverhempton», «MYu» va AZ jamoalari muddatidan avval guruhdan chiqish masalasini hal qilishgandi. 

Yevropa Ligasi, 6-tur, 12 dekabr

A guruhi

APOEL – Sevilya 1:0
Gol: Savich (61).

Qorabog‘ – Dyudelanj 1:1
Gollar: Geyye (90+1) – Bugren (63).

V guruhi

Dinamo K – Lugano 1:1
Gollar: Tsigankov (90+4) – Aratore (45).

Kopengagen – Malmyo 0:1
Gol: Ingai (77).

S guruhi

Bazel – Trabzonspor 2:0
Gollar: Vidmer (21), Shtoker (72).

Xetafe – Krasnodar 3:0
Gollar: Kabrera (76), Molina (78), Kenedi (86).

D guruhi

LASK – Sporting 3:0
Gollar: Trauner (23), De Mello (38, penalti), Raguts (90+3).

PSV – Rusenborg 1:1
Gollar: Ixetarren (63) – Hallenn (23).

Ye guruhi

Renn – Latsio 2:0
Gollar: Nyanon (30, 87).

Kluj – Seltik 2:0
Gollar: Burke (48), Jokovich (70).

F guruhi

Ayntraxt – Gimarayesh 2:3
Gollar: Mashedu (31, avtogol), Kamada (38) – Roshinya (8), Ali Mohamed (85), Edvards (87).

Standart – Arsenal 2:2
Gollar: Basten (47), Amalla (69) – Lyakazett (78), Saka (81).
Standart: Bodart, Vanxyusden, Chimirot, Emon (Avenatti, 46), Karsela, Amalla (Lestenn, 85), Fai, Gavori, Bastiyen, Layfis, Mpoku
Arsenal: Martinez, Papastatopulos (Martinelli, 69), Metland-Nayls (Chembers, 78), David Luis, Mavropanos, Genduzi, Uillok, Smit Rou (Obameyang, 85), Nelson, Saka, Lyakazett

Ko‘proq yangiliklar: