Xorijda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi testlar o‘tkaziladigan kunlar ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 10:58 / 13.12.2019 6838

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ijrosini ta'minlash maqsadida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy) 2019 yil 16-20 dekabr kunlari sohalar bo‘yicha sinov testlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“Huquqshunoslik”, “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari bo‘yicha sinov testlari o‘tkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantirishicha, xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: