O‘zbekistonda OTB ishtirokida yana bir loyiha amalga oshiriladi

O‘zbekiston 10:31 / 13.12.2019 2629

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarining tayyorligini moliyalashtirish» loyihasi amalga oshiriladi. 

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorligini moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun:

a) 2019 yil 13 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 15 yillik qoplash muddati, shu jumladan besh yillik imtiyozli davr bilan qiymati 15,0 mln. AQSh dollari bo‘lgan kelishuv imzolangan;

b) loyihaning umumiy qiymati 16,8 mln. AQSh dollarini, shu jumladan:

OTB qarzi - 15,0 mln AQSh dollari;

loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining hissasi 1,8 mln. AQSh dollariga ekvivalenti;

v) loyihani amalga oshirish muddati 4 yilni (2020 – 2024 yy.) tashkil etadi.

Quyidagilar:

“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorligini moliyalashtirish” loyihasining asosiy ko‘rsatkichlari;

“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorligini moliyalashtirish” loyihasi bo‘yicha OTB qarzini qaytarish va foizlarni to‘lash prognoz jadvali tasdiqlanadi.

Belgilab qo‘yilishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi va “O‘zsuvta'minot” ochiq aksionerlik jamiyati, shuningdek Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishi uchun mas'ul bo‘lgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;

2024 yildan boshlab OTBning qarzi va foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar “O‘zsuvta'minot” OAJning mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti va tegishli viloyatlarning mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan YeTTB qarz mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Kommunxizmat” agentligi, “O‘zsuvta'minot” OAJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi va OTB o‘rtasidagi Qarz bitimi va Qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa beradi.

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, “Kommunxizmat” agentligi bosh direktori hamda tegishli viloyat hokimliklariga:

tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari parametrlariga muvofiq loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi;

qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq OTB qarzini qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar “O‘zsuvta'minot” OAJ hamda tegishli viloyatlar mahalliy budjet mablag‘lar o‘z vaqtida jamlanib borilishini ta'minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “O‘zsuvta'minot” OAJ suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni operatsion xarajatlar, kapital xarajatlar, zaruriy rentabellik darajasi, shuningdek OTB “O‘zsuvta'minot” OAJ hisobidan to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda o‘z vaqtida qayta ko‘rib chiqilishini ta'minlaydi.

“Kommunxizmat” agentligi huzuridagi OTBning amaldagi Loyihalarni boshqarish guruhiga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish yuklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: