Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlardagi bog‘ va tokzorlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

O‘zbekiston 00:26 / 13.12.2019 5881

Qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanning barchasidagi mavjud bog‘ va tokzorlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazadi.

Xatlov natijalariga ko‘ra samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash yuzasidan har bir tuman kesimida manzilli ro‘yxatlar shakllantiriladi va tasdiqlanadi, bunda 2020 yil davomida yaroqsiz bog‘ va tokzorlarni, 2021-2025 yillarda esa kam hosilli, eskirgan va samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash nazarda tutiladi;

Yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etishda ular oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xo‘jaligi birlashmasiga biriktirilishi, iqtisodiy jihatdan samaradorligini nazarda tutgan holda amalga oshirilishi ta'minlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: