Amerikalik o‘smir Siri ovozli yordamchisi tufayli tirik qoldi

Light 00:20 / 13.12.2019 10419

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea Ayova shtatidagi Meyson-Siti shahri yaqinida yuz bergan. Gael Salsedo ismli o‘smir o‘z jipida kollejga ketayotganda, mashina yaxvonlik oqibatida yo‘ldan sirpanib chiqib ketib, daryoga tushib ketgan. Daryodagi suv muzlagan bo‘lgan, biroq mashina uni yorib, cho‘ka boshlagan.

O‘smirning aytishicha, u sarosimada iPhone’ini topa olmagach, Siri yordamchisiga “Siri, 911 ni ter” (AQShda favqulodda xizmatlar telefon raqami) deb baqirgan. Shunda yordamchi faollashib, tovushli signal bergan va o‘smir buning evaziga telefonini topa olgan. 

Voqea joyiga AQShda qutqaruvchilar vazifasini ham bajaruvchi o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va o‘smirni mashina ichidan chiqarib olishgan. Yigit karaxt holda shifoxonaga yetkazilgan, biroq 2 soat o‘tgach uyiga javob berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: