Toshkent - Urganch va Toshkent - Moskva yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston 10:53 / 12.12.2019 6554

Yangi yil kunlarida yo‘lovchi poyezdlariga bo‘lgan talabning ortishini inobatga olib, "O‘ztemiryo‘lovchi" AJ qo‘shimcha reyslar tashkil etilayotganini ma'lum qildi.

Jumladan, joriy yil 16 dekabrdan 2020 yil 7 yanvarga qadar №556/555-sonli "Toshkent – Urganch – Toshkent" yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd yo‘lga qo‘yiladi. 

Shuningdek, 14 dekabrdan 2020 yil 11 yanvarga qadar №5/6-sonli "Toshkent – Moskva – Toshkent" yo‘nalishidagi poyezdning qo‘shimcha qatnovi ham yo‘lga qo‘yiladi. 

Eslatib o‘tamiz, xalqaro yo‘nalishdagi poyezdlarda oldindan sotib olish muddatiga ko‘ra chipta tarifining 55 foizgacha chegirma mavjud.      

Ko‘proq yangiliklar: