«Eng ma'rifatli imom – 2019» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Jamiyat 19:18 / 12.12.2019 10045

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichi g‘oliblari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarning Qur'oni karim qiroati va tafsiri, Aqoid, Fiqh ilmi, ijtimoiy-ma'naviy yo‘nalishdagi bilimlari hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi. Shuningdek, ular yil davomida amalga oshirilgan ishlari, OAVdagi ishtiroki, targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha taqdimot qildilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

1-o‘rin - Toshkent shahri “Dorussalom” jome masjidi imom-xatibi Muhammadrahim Abduqodirov;

2-o‘rin - Toshkent viloyati “Abdulqodir Maxsum” jome masjidi imom-xatibi Abdulbosit Nusratullayev;

3-o‘rin - Farg‘ona viloyati “Said Jalolxon to‘ra” jome masjidi imom-xatibi Yunusxon Mamarasulov va Xorazm viloyati “Miskin bobo” jome masjidi imom-xatibi Qo‘ziboy Masharipov

Shuningdek, yil davomida faol xizmat ko‘rsatgan, fidoiy va o‘z ishida namuna ko‘rsatgan imomlar quyidagi yo‘nalishlarda taqdirlandilar:

“Eng ko‘p obuna uyushtirgan imom” – Andijon viloyati Asaka tumani “Xolid ibn Valid” jome masjidi imom-xatibi Shahobiddin Parpiyev;

“Eng ko‘p maqola chop etgan imom” – Toshkent viloyati “Sobirjon ota” jome masjidi imom-xatibi Sunnatulloh Ernazarov;

“Eng obod masjid” – Jizzax viloyati Jizzax shahri “Xo‘ja Nuriddin hoji” jome masjidi;

“Eng intizomli imom” – Navoiy viloyati “Oqtosh” jome masjidi imom-xatibi Dilshod Ergashev;

“Eng faol imom” – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Hazrati Imom” jome masjidi imom-xatibi Fazliddin Muxtorov. 

G‘olib va sovrindorlarga tanlovning maxsus diplomi va statuyetkalari hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondining qimmatbaho sovg‘alari va pul mukofotlari topshirildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad bugungi kun talablariga javob beradigan, ilmiy salohiyatga ega, tashabbuskor, ilg‘or fikrli, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan va keng xalq ommasiga o‘z fikrini yetkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan eng iqtidorli, faol imomlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdir.

Ko‘proq yangiliklar: