Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik O‘zbekistonda 4ta milliy loyihani ma'qulladi

O‘zbekiston 13:22 / 12.12.2019 4691

2019 yilning 6 dekabr kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) boshqaruvchilar kengashi Texnik hamkorlik dasturi doirasida O‘zbekistonda 2020-2021 yillarda amalga oshirish uchun umumiy qiymati 1 million yevrodan ortiq bo‘lgan to‘rtta milliy loyihani ma'qulladi.

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu loyihalar texnik salohiyat va inson resurslarini kengaytirish, yadro infratuzilmasini rivojlantirish, O‘zbekistonda yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish uchun obektlarning yadroviy va radiatsion xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.

O‘zbekiston tomonidan loyihalar ijrochilari «O‘zatom» agentligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Yadro fizikasi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti hamda Toshkent shahar onkologiya markazi hisoblanadi.

AEXAning texnik hamkorlik dasturi O‘zbekistonda yadro-fizika uskunalaridan foydalanishda yadroviy va radiatsion xavfsizlikni mustahkamlash, tibbiyotda va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida zamonaviy yadro texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, shuningdek, yadro bilimlarini tarqatishni nazarda tutadi.

Ko‘proq yangiliklar: