Ombudsman kotibiyati vakili: «Oldin axloq tuzatish koloniyalarida yuzaki nazorat olib borar edik»

O‘zbekiston 12:23 / 11.12.2019 5418

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klub sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar muhokama qilinyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakillik (Ombudsman) kotibiyati vakili Saidbek Azimovning Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV mutasaddilari, huquqshunoslar, ekspertlar ishtirok etayotgan tadbirda aytishicha, bugungi kunda  hech qanday to‘siqlarsiz koloniyalardagi tartib tekshirilmoqda.

“Oldin axloq tuzatish koloniyalarida yuzaki nazorat olib borar edik. Bugungi kunga kelib hech qanday to‘siqlarsiz koloniyalardagi tartibni tekshirmoqdamiz. 

Bu yil Ombudsmanda qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha mexanizm ishlab chiqildi. Bu borada hozir 300ga yaqin monitoring olib bordik. Biz hozir ogohlantirishsiz ham, hech qanday qarshiliksiz koloniyalarning xohlagan joyiga kirib o‘z ishimizni olib boryapmiz”, - dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: