Oliy sud sudyalarining oylik ish haqi ochiqlandi

O‘zbekiston 13:21 / 11.12.2019 68155

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klub sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar muhokama qilinyapti.

Oliy sud sudyasi Ibrohim Tojiyev tadbirda sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi haqidagi ma'lumot bilan o‘rtoqlashdi.

"Hozirgi kunda Oliy sudda faoliyat yuritayotgan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi 5 000 000 so‘mdan 8 000 000 so‘mgacha yetadi", - dedi u.

Oliy sud sudyasi Ilhom Rahmonqulov esa sudyalarga ishonchsizlikka nima sabab bo‘lganini aytdi.

“O‘zbekiston jamiyatida sudyalarga ishonchsizlikka sudyalarning mustaqil bo‘lmagani sabab bo‘lgan”, - deydi Ilhom Rahmonqulov.

Shuningdek, uning bildirishicha, bugungi kunda muayyan bir masalani faqat Oliy sud raisi yoki rais o‘rinbosari hal qiladi degan tushuncha yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: