Nyu-Jyersida sodir bo‘lgan otishmada olti kishi halok bo‘ldi

Jahon 14:46 / 11.12.2019 6484

Jyersi-Siti (Nyu-Jyersi shtati)da sodir bo‘lgan otishma oqibatida olti kishi, jumladan, bir nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Shahar politsiyasi boshlig‘i Maykl Kellining aytishicha, do‘kon ichidan besh kishining jasadi topilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, otishmaning aniq sababi noma'lum. Taxmin qilinishicha, o‘ldirilgan politsiyachi otishmani to‘xtatishga uringan. Kelli otishma bir necha soat davom etganini aytdi.

Bundan tashqari, yana ikki politsiyachi jarohat olgan.

Avvalroq ABC telekanali otishmada to‘rt kishi halok bo‘lganini xabar qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: