Jinoyatlarning qayd etilishi uch yilda 2 barobarga kamaydi - IIV vakili

O‘zbekiston 12:39 / 11.12.2019 4109

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klub sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar muhokama qilinyapti.

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov so‘zlariga ko‘ra, respublikada jinoyatlarning qayd etilishi uch yil davomida 2 barobarga kamaydi.

“O‘zbekistonda jinoyatlarning qayd etilishi uch yil davomida 2 barobarga kamaydi”, - dedi u.

G‘iyosovning aytishicha, “yo‘l va post patrul xizmatlari ko‘chada yurganda fuqarolarimiz ularga havas qilishi, do‘stlashib ketishi kerak”.

Qayd etilishicha, dunyo tajribasida ham agar huquq tartibot organlari fuqaroning shaxsini aniqlay olmasa, o‘sha fuqaroni olib ketish tartibi bor.

Ma'lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligining OAV va televideniyeda ko‘rinishi bir yil davomida 65 foizga oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: