O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi The Boston Consulting Group xalqaro kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston tadbirkorlari orasida so‘rov o‘tkazmoqda.
So‘rovning maqsadi respublika hududlarining investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish, hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdir.
So‘rov natijalari tahlil qilinib, hududlardagi biznes-muhitni yaxshilash uchun foydalaniladi. So‘rov anonim tarzda o‘tkaziladi.
So‘rovnomani quyidagi havola orqali to‘ldirish mumkin.