Prezident 2020 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

O‘zbekiston 14:30 / 10.12.2019 51239

2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qonun bilan 2020 yilda budjet jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida budjet vakolatlari taqsimlandi.

Shuningdek, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirish kiritish tartibi belgilandi.

Qonun bilan respublika budjetining daromadlari prognozi va xarajatlari, mahalliy budjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari belgilandi.

2020 yil uchun ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari tasdiqlandi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari kabilar shular jumlasidandir.

Qonunga ko‘ra, bir qator xarajatlar respublika budjetidan moliyalashtirishga, ayrim xarajatlar mahalliy budjetdan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Jumladan, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha xarajatlar tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Qonunga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat'iy belgilangan summalari quyidagicha:

Chakana savdo

Oziq-ovqat va boshqa tovarlarni sotish: 

Toshkent shahri – 750 000 so‘m;
Nukus shahri va viloyatlar markazi – 600 000 so‘m;
boshqa shaharlar – 300 000 so‘m;
boshqa aholi punktlarida – 200 000 so‘m.

Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish: 

Toshkent shahri – 250 000 so‘m;
Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so‘m;
boshqa shaharlar – 100 000 so‘m;
boshqa aholi punktlarida – 50 000 so‘m.

Gazeta, jurnal va kitoblar sotish:

Toshkent shahri – 250 000 so‘m;
Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so‘m;
boshqa shaharlar – 100 000 so‘m;
boshqa aholi punktlarida – 50 000 so‘m.

Ko‘proq yangiliklar: