OChL-2020ga qur'a tashlandi: «Paxtakor» amaldagi chempion bilan bir guruhda

Sport 14:24 / 10.12.2019 37824

Bugun, 10 dekabr kuni Kuala-Lumpurdagi OFK shtab-kvartirasida Osiyo chempionlar ligasi 2020 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Kelasi mavsumda ham OChL turnirida mamlakatimizning uchta jamoasi ishtirok etadi. O‘zbekiston chempioni «Paxtakor» musobaqani guruh bosqichidan boshlasa, Superliga sovrindorlari «Lokomotiv» va «Bunyodkor» pley-off saralash bosqichidan boshlaydi.

 Qur'a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston chempioni «Paxtakor» «B» guruhida OChL-2019 g‘olibi Saudiya Arabistonining «Al-Hilol», BAAning «Shabab Al-Ahli Dubay» hamda 3-pley-off g‘olibi bilan birga o‘rin oldi.

 Toshkentning «Lokomotiv» klubi esa saralashdan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, «A» guruhidan joy oladi. Unga BAAning «Al-Vahda», Iroqning «Al-Shorta» va saralash bosqichining 4-g‘olibi raqiblik qilishi mumkin.

 «Bunyodkor» esa pley-off bosqichlaridan o‘ta olsa, «D» guruhidan o‘rin oladi. Vadim Abramov shogirdlariga Eronning «Sepaxon», Qatarning «As-Sadd», Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klublari raqib bo‘ladi.

 OChL guruh bosqichi 1-tur o‘yinlari 10 fevral kuni start oladi. «Paxtakor» dastlabki o‘yinni Toshkentda «Shabab Al-Ahli»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

 OChL-2020. Guruhlar bilan tanishing:

O‘zbekiston vitse-chempioni sifatida «Lokomotiv» 2-saralash pley-off bosqichida Toshkentda Tojikiston chempioni Dushanbening «Istiqlol» klubiga qarshi maydonga tushadi. Juftlik g‘olibi yakuniy pley-off bosqichida Saudiya Arabistonida «Al-Ahli»ga qarshi maydonga tushib, g‘olib guruh bosqichiga yo‘llanma oladi. «Temiryo‘lchilar» yo‘llanma olgan taqdirida «A» guruhidan joy oladi.

 «Bunyodkor» esa dastlabki saralash bosqichida Toshkentda Iroqning «Al-Zavra» jamoasiga qarshi maydonga tushib, juftlik g‘olibi BAAda «Al-Ayn»ga qarshi saf tortadi va g‘olib guruh bosqichi ishtirokchisiga aylanadi. «Qaldirg‘ochlar» saralashdan o‘tgan taqdirida, «D» guruhidan o‘rin oladi.

OChL. Dastlabki saralash bosqichi. 

 G‘arb mintaqasi. 14 yanvar (seshanba)

1. «Chennai Siti» (Hindiston) – «Al-Riffa» (Bahrayn)

2. «Al-Faysali» (Iordaniya) – «Al-Kuvayt» (Kuvayt)

Ikkinchi saralash bosqichi. 21 yanvar (seshanba)

1. «Bunyodkor» (O‘zbekiston) – «Al-Zavra» (Iroq)

2. «Lokomotiv» (O‘zbekiston) – «Istiqlol» (Tojikiston)

3. «Shahre Xodro» (Eron) - birinchi saralash bosqichi 1-g‘olibi

4. «Istiqlol» (Eron) - birinchi saralash bosqichi 2-g‘olibi

Pley-off bosqichi. 28 yanvar (seshanba)

1. «Al-Ayn» (BAA) - ikkinchi saralash bosqichi 1-g‘olibi

2. «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni) - ikkinchi saralash bosqichi 2-g‘olibi

3. «As-Sayliya» (Qatar) - ikkinchi saralash bosqichi 3-g‘olibi

4. «Ar-Rayan» (Qatar) - ikkinchi saralash bosqichi 4-g‘olibi.

Ko‘proq yangiliklar: