Fransiyada ish tashlashlar sababli yettita neftni qayta ishlash zavodi faoliyati to‘xtadi

Jahon 19:46 / 10.12.2019 2889

Fransiyadagi pensiya islohotlariga qarshi ish tashlashlar qatnashchilari mamlakatdagi sakkizta neftni qayta ishlash zavodidan yettitasining ishiga to‘sqinlik qildi. Bu haqda BFM TV xabar berdi.

"Gap Esso va Total kompaniyalari zavodlari haqida bormoqda", - dedi sindikat vakili Emmanyuel Lepin. 

"Quvurlar, kema, poyezd va yuk mashinalari orqali neft yetkazilishi to‘xtatildi. Korxonadan bir tomchi ham yonilg‘i chiqarilmaydi", - dedi "Umumiy mehnat konfederatsiyasi" vakili.

Kasaba uyushmalari Électricité de France (EDF) energetika korporatsiyasi xodimlarini ham ish tashlashlarga qo‘shilishga chaqirdi.

Fransiyada 5 dekabrda transport xodimlari, shifokorlar, o‘qituvchilar, advokatlar, o‘t o‘chiruvchilar va boshqa qator kasblar egalarining ommaviy ish tashlashlari boshlandi. Ular 42 toifadagi fuqarolarning imtiyoz va ustamalari bekor qilinishi ko‘zda tutilgan pensiya islohotiga nisbatan norozilik bildirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: