Foto: Shanxayda «Mingta daraxt» loyihasi megapolisdagi hududni kichik vodiyga aylantiradi

Light 18:36 / 10.12.2019 19620

Shanxayda arxitektura estetikasi, qurilish va turar joy hududini tashkil etish borasida yangi davr boshlanyapti. Yaqin kelajakda ulkan megapolis yaqinida «Mingta daraxt» loyihasi asosida yaratilgan g‘aroyib joy paydo bo‘ladi. Uning muallifi – butun dunyoga mashhur arxitektor va dizayner Tomas Xizervikdir.

Travelask`ning yozishicha, loyiha yaratuvchisi o‘z ijod mahsulini «arxitekturadan ko‘ra ko‘proq kelajak topografiyasi» deb nomlayapti. Turar joy majmuasi Xizervikning ishlanmalari uchun xos bo‘lgan zinapoyali profil va ko‘plab maysa, buta va daraxtlarni o‘z ichiga oladi. Inshootlar Suchjou soyi qirg‘og‘ida joylashadi va shaharning 50-mavzesining zamonaviy qismiga aylanadi.

Yuzlab ustunlar ana shu binoni ushlab turadi, binoda maxsus tanlab olingan navlardagi jami 25 mingdan ortiq daraxt ekiladi. Natijada hududi beton va shishadan iborat turar joy 25 million kishi yashaydigan shaharga o‘ziga xos joziba baxsh etadi.

Ko‘proq yangiliklar: