Erdo‘g‘an Yevropada yetakchi siyosatchi yo‘qligini aytdi

Jahon 19:19 / 10.12.2019 6464

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an zamonaviy Yevropa yetakchi siyosatchidan mahrum ekanligini aytdi.

"Zamonaviy Yevropa yetakchilik inqirozini boshidan kechirmoqda, Yevropadagi siyosiy arboblar orasida Yevropaning namunali yetakchisi deb atash mumkin bo‘lgan siyosatchini ko‘rmayapman", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Anadolu Ajansı.

Erdo‘g‘anning fikricha, ilgari Germaniyaning sobiq federal kansleri Gerxard Shryoder ana shunday yetakchi bo‘lgan.

Shu bilan birga Turkiya prezidenti Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Taniyni "qashshoqlar tarafida bo‘lgani va muhtoj mamlakatlarga yordam bergani uchun" Fors ko‘rfazining yosh va serg‘ayrat yetakchisi deb atadi.

Ko‘proq yangiliklar: