Erdo‘g‘an Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinmayotganining «asl sababi»ni ma'lum qildi     

Jahon 19:40 / 10.12.2019 19993

Yevropa Ittifoqi o‘z tarkibiga Turkiyani qabul qilmayotganining asl sababi Turkiya aholisining ko‘p sonliligi emas, balki dini hisoblanadi. Bunday fikrni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bildirdi.

«Bizga buning sababini Turkiya aholisi juda kattaligi bilan tushuntirishmoqda. Biroq Anqaraning Yevropa Ittifoqiga kirishga arizasi qo‘llab-quvvatlanmasligining asl sababi boshqa. Buning asl sababi biz musulmon ekanligimizdadir», deb aytgan Erdo‘g‘an.  

Anqara Turkiya va Yevropa iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi assotsiatsiya haqidagi kelishuvni 1963 yilda imzolagan va shu tariqa uyushgan a'zo maqomini olgan. Turkiya 1987 yilda Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishga rasman ariza bergan, biroq 12 yildan keyingina uning tarkibiga kirishga nomzod bo‘lgan. 

Anqaraning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralar rasman 2005 yilda boshlangan deb hisoblanadi. Biroq Turkiyaning ittifoqqa kirishiga uning Yevropada hududga ega emasligi, yevropacha demokratik qadriyatlarni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlamasligi hamda Gretsiya bilan ziddiyatda ekanligi to‘sqinlik qilib keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: