Bortida 38 kishi bo‘lgan Chili samolyoti halokatga uchradi

Jahon 10:16 / 10.12.2019 8902

Antarktidaga parvoz vaqtida izsiz yo‘qolib qolgan Chili harbiy-havo kuchlarining samolyoti halokatga uchragan, omon qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. 

TASS’ning yozishicha, bu haqda seshanba kuni Chili harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Harbiy-havo kuchlari xabar qiladiki, Hercules C130 samolyoti radioaloqa yo‘qolganidan yetti soat o‘tgach halokatga uchragan, deb hisoblanmoqda», - deyiladi ma'lumotda.

Chili harbiy-havo kuchlari generali Eduardo Moskeyra yo‘qolgan samolyotda suvga qo‘nish imkoni bo‘lganini aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘qolgan Hercules C130’da bo‘lgan yoqilg‘i miqdori havoda bo‘lish uchun yetarli edi.

Ko‘proq yangiliklar: