Bag‘doddagi namoyishlarga janubiy viloyatlardan namoyishchilar kelib qo‘shilmoqda

Jahon 18:01 / 10.12.2019 6188

Bag‘dod markazidagi Tahrir maydonidagi namoyishlarga qo‘shilish uchun Iroqning janubiy viloyatlaridan namoyishchilar kelmoqda, deb xabar berdi Shafaq agentligi.

Poytaxtdagi namoyishchilar barcha talablari bajarilmaguniga qadar norozilik aksiyalarini to‘xtatishdan bosh tortmoqda.

Maysan va Bobil, Di-Kar, Devoniya va Karbalo viloyatlaridan poytaxtdagilarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘nlab avtobuslarda namoyishchilar yo‘lga chiqqan.

Iroqda oktyabrdan buyon ommaviy norozilik aksiyalari o‘tkazilmoqda. Namoyishchilar hukumat iste'fosi, korrupsiya va ishsizlikka qarshi kurash, turmush sharoiti yaxshilanishini talab qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: