Yangi Zelandiyada vulqon otilishi vaqtida 5 kishi halok bo‘ldi

Jahon 23:55 / 09.12.2019 5527

Yangi Zelandiyaning Uayt-Aylend orolida vulqon otilishi vaqtida kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. 

Vulqon otilishi vaqtida orolda 50 ga yaqin odam bo‘lgan. Ular orasida yangi zelandiyaliklardan tashqari, xorijiy sayyohlar ham bo‘lgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 18 kishi kuyish va turli og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan. Qurbonlar va jabrlanganlar orasida xorijliklar ham bor. Ta'kidlanishicha, orolda yana 27 kishi qolayotgan bo‘lishi mumkin.  

Vulqon 3,6 kmdan balandroqqa kul otgan. 

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern politsiya va favqulodda xizmatlar fojiadan jabrlangan barchaga imkoni bor yordamni ko‘rsatayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Uayt-Aylend Yangi Zelandiyadagi yagona faol vulqon oroli bo‘lib, u oxirgi marta 2012 yil oxirida otilgan. Ushbu orolga dunyoning turli burchaklaridan  ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradi.

Ko‘proq yangiliklar: