O‘zbekistonda Kriket federatsiyaci tashkil etildi

Sport 12:11 / 09.12.2019 5845

Adliya vazirligi O‘zbekiston Kriket federatsiyacini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, mazkur tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda kriket sport turini ommalashtirish va rivojlantirish, uning mavqeini har tomonlama oshirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat hisoblanadi.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi “Maqom maktabi” ilmiy-tadqiqot markazini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda maqom san'atini yanada rivojlantirish, maqom san'atining davr talablariga mos repertuarlarini shakllantirish hamda maqom ijrochilariga qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratishdan iborat hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: