Eldor Shomurodov bo‘ydoqlar safini tark etmoqda, to‘y kuni aniq

Sport 23:40 / 09.12.2019 64860

«Rostov» va O‘zbekiston milliy jamoasining 24 yoshli futbolchisi Eldor Shomurodov tez orada bo‘ydoqlar safini tark etadi. Bu haqda «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Match Premer» telekanalidagi chiqishida ma'lum qilgan.

«Eldor Shomurodov 28 dekabr kuni uylanadi. U bo‘lajak rafiqasi bilan ikki oy oldin tanishdi» - deya xushxabarni e'lon qilgan Valeriy Karpin.

Eslatib o‘tamiz, 19-tur doirasidagi 8 dekabr kungi «Spartak» - «Rostov» (1:4) uchrashuvi bilan Rossiya Premer-ligasi qishki ta'tilga chiqdi. Tanaffus bahorgacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: