Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi investitsiya majburiyatlari bajarilishi yuzasidan ma'lumot berdi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi «Welcome Alliance» MChJ tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan ma'lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2012 yildagi 154-sonli «Davlat mulki obektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, balansda saqlovchi Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi hamda xaridor «Welcome Alliance» MChJ o‘rtasida 2016 yil 14 noyabrda 42-sonli oldi-sotdi shartnoma rasmiylashtirilgan.
Mazkur shartnomaga asosan, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bo‘ston ko‘chasi 10-uyda joylashgan sobiq 379-maktabgacha ta'lim muassasasi bino va inshootlariga 2019 yil 4-chorak yakuniga qadar jami 3 000,0 mln so‘m investitsiya kiritish va 50ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan «Welcome Alliance» MChJga 920,0 mln so‘mga sotilgan.
«Welcome Alliance» MChJ tomonidan taqdim etilgan auditorlik va baholash hisobotlariga asosan 3 582,9 mln so‘m (117,6 foiz) investitsiya kiritilgani hamda Yashnobod tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining ma'lumotnomasiga asosan 01.10.2019 yil holatiga 51ta (102 foiz) ish o‘rinlari yaratilgani ma'lum qilingan.
«Welcome Alliance» MChJ tomonidan shartnomada belgilangan majburiyatlar bajarilib, zamonaviy va jaxon standartlariga to‘liq javob beradigan ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab va maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z faoliyatini ishga tushirdi.
Xususan, «Welcome Alliance» MChJ tomonidan zamonaviy va jaxon standartlariga javob beradigan ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab va maktabgacha ta'lim muassasasi to‘g‘risida quyidagi suratlardan ham bilib olish mumkin:
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

17:51 / 07.07.2025
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

15:47 / 07.07.2025