Jonson saylovlarda g‘alaba qozonsa uch turdagi mehnat vizasini kiritishga va'da berdi

Jahon 22:55 / 08.12.2019 8154

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 12 dekabrda muddatdan avval parlament saylovlarida g‘alaba qozonsa, yangi turdagi uchta vizani joriy qilishga va'da bedi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, “Noyob iste'dod” turidagi viza fan, madaniyat va tadbirkorlik sohalarida xizmat ko‘rsatgan kishilarga beriladi.

Ikkinchi turdagi viza esa Britaniyada ishga joylashish taklifiga ega kishilarga taqdim qilinadi. 

Uchinchi turdagi viza esa kasbiy malakasi past bo‘lgan migrantlarga beriladi.

Jonsonning ta'kidlashicha, birinchi ikki turdagi vizaga ega kishilar uchinchi turdagi vizaga ega kishilardan ko‘ra yashash uchun ruxsat yoki fuqarolik olishga ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Britaniya bosh vazirining fikricha, vizalarni berishning bunday tizimi mamlakat Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin uning chegaralarini nazorat qilishga imkon beradi. 

Ko‘proq yangiliklar: