Hindistondagi fabrikada yuz bergan yong‘inda 43 kishi halok bo‘ldi 

Jahon 12:04 / 08.12.2019 4372

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlidagi fabrikada yuz bergan yong‘inda 43 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ANI axborot agentligi xabar berdi. 

O‘t o‘chirish xizmatida ma'lum qilinishicha, yong‘in to‘liq o‘chirilgan, jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatilgan. 

Voqea vaqtida fabrikada 50 ga yaqin odam bo‘lgan va ularning aksariyati uyquda bo‘lgan.

Yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum. Politsiya voqeani tergov qilishni boshlagan.

Ko‘proq yangiliklar: