Tarmoqdagi asosiy hamkor bilan birgalikda avariyaviy va past debitli quduqlar tiklanmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq qazib olinayotgan gaz to‘laligicha aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilmoqda.
8 dekabr kuni GRP usuli qo‘llanilishi ortidan Ilm-5 qudug‘ining kunlik debiti 30 ming dan 80 ming kub m gacha ortdi.
Gaz uzatish infratuzilmasinining o‘tkazuvchanlik imkoniyatini kengaytirish hisobiga aholini zarur resurs bilan ta'minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ bilan hamjihatlikda yangi gaz quvurlari qurilishi olib borilmoqda: «Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» (67 km), «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km) va «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km).
Quvur tortish ishlarining sur'ati kuniga o‘rtacha 4 km ni tashkil etib, ishlar kechayu-kunduz olib borilmoqda.
«Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» yo‘nalishidagi gaz uzatish quvurlari pnevmatik sinovlarga tayyorlanmoqda.
8 dekabr holatiga jami: keltirish uchun yuklangan quvurlar – 32,5 ming tn, keltirilgan quvurlar – 20 ming tn, kavlangan zovurlar – 57,9 km, qatorga payvandlangan quvurlar – 80,9 km va yotqizilgan quvurlar – 31,1 km ni tashkil etdi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati