Putin va Lukashenkoning muzokarasi 5 yarim soat davom etdi

Jahon 23:00 / 07.12.2019 23077

Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko o‘rtasidagi muzokara 5,5 soatdan so‘ng nihoyasiga yetdi.

Xabar qilinishicha, ular o‘rtasidagi uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 15.25 (Toshkent vaqti bilan 17.25)da boshlangan va 21.00 (23.00)da yakuniga yetgan.

Tomonlar integratsiya bo‘yicha yo‘l xaritasini, davlatlararo investitsiya loyihalari va gaz masalasini muhokama qilishlari rejalashtirilgandi.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko Belarus teng sharoitlardagi integratsiyani xohlayotganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: