Britaniyadagi elektrostansiyaning to‘rtta sovutish minorasi to‘rt soniya ichida portlatib yo‘q qilindi

Jahon 01:35 / 07.12.2019 8573

Buyuk Britaniyadagi Shropshir elektrostansiyasining to‘rtta sovutish minorasi masofadan portlatish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Balandligi 120 metrdan ortiq bo‘lgan ulkan inshootlar to‘rt soniya ichida yer bilan yakson bo‘ldi.  

DailyMail gazetasining yozishicha, elektrostansiya okrugni 46 yil davomida elektr bilan ta'minlab kelgan. U asosan ko‘mir bilan ishlagan va YeIning yo‘riqnomasiga ko‘ra yopilgan.
Elektrostansiya 2015 yilda uzil-kesil yopilgan, 140 gektardan ortiq maydon yangi uylar qurish uchun sotib olingan. 

Minoralarni buzishga 10 million funt sterling va tayyorgarlik ko‘rish uchun besh oy vaqt ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: