Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish qanchaga tushadi?

O‘zbekiston 12:21 / 07.12.2019 4592

Obektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini (ART) ishlab chiqishning bazaviy qiymati va tuzatish koeffitsiyentlari tizimi tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, shaharsozlik faoliyati obektlari qurilishini loyihalashtirish yoki rekonstruksiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ART beriladi (yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun talab etilmaydi).

 Avvalo ARTni ishlab chiqish uchun to‘lov to‘lanishi osonlashdi. Ilgari hududiy qurilish boshqarmalari ariza beruvchi o‘z ERIsi bilan tasdiqlashi uchun unga ARTni ishlab chiqish shartnomasini yuborar edilar (YaIDXP orqali yoki davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilinganda bevosita topshirilar edi). Bundan buyon Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha ishlab chiqish qiymati ko‘rsatilgan invoys - hisobvaraq-faktura bir yo‘la taqdim etiladi.

Ariza beruvchi invoysni olgach, ko‘rsatilgan summani 10 kun ichida to‘lashi lozim. To‘lov to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimi yordamida tasdiqlanadi. Obektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqish qiymati va muddatlari quyidagicha belgilangan:

Bunda tuzatish koeffitsiyentlari (oshirish yoki pasaytirish) tizimi amal qiladi, shu jumladan:

birinchidan, obektning joylashgan joyiga ko‘ra (turar joyni rekonstruksiya qilgan holda noturar joy toifasiga o‘tkazish):

• qishloq aholi punktlarida – 0,7;

• tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda va shahar posyolkalarida – 0,8;

• tumanlar markazlarida va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda – 0,9;

• Toshkent shahrida, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida – 1;

ikkinchidan, qurilayotgan obektni aholi punktidan tashqarida joylashtirishda - 0,6 pasaytirish koeffitsiyenti qo‘llanadi;

uchinchidan, ARTning arxitektura-shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish qismlarini alohida-alohida ishlab chiqishda har bir bo‘lim uchun narxlar 0,6 koeffitsiyenti bilan qo‘llaniladi;

to‘rtinchidan, tanlovga (auksionga) qo‘yilayotgan yer uchastkalari uchun shaharsozlik topshirig‘ini ishlab chiqish qiymati 0,7 koeffitsiyentini qo‘llagan holda yangi qurilish uchun belgilangani kabi (4 BHM) belgilanadi (ARTni ishlab chiqishda arxitektura-shaharsozlik bo‘limi sifatida uning tarkibiga kiritiladi) va tanlov (auksion) g‘olibi hisobidan to‘lanadi.

 ARTning amal qilish muddatlariga tuzatish kiritish va ularni uzaytirish uchun belgilangan ishlab chiqish qiymatining 20 foizi, ART dublikatlari (nusxalari)ni tayyorlash uchun 10 foizi miqdorida belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: