A Seriya. «Inter» o‘z maydonida «Roma»ni yenga olmadi

Sport 02:55 / 07.12.2019 4818

«Inter» – «Roma» bahsi bilan Italiya chempionatining 15-turiga start berildi. Jangovar ruhda kechgan bahsda hisob ochilmadi.

Durangdan so‘ng «Inter» ochkolarini 38taga yetkazib, 1-o‘rinni egallab turibdi. Agar ertaga «Yuventus» safarda «Latsio»ni mag‘lub etolmasa, milanliklar peshqadamlikni saqlab qolishadi. «Roma» esa 29 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

A Seriya, 15-tur

Inter – Roma 0:0
6 dekabr, «Juzeppe Meatssa»
Inter: Handanovich, Godin, Shkrinyar, de Vrey, Biragi (D'Ambrozio, 88), Brozovich, Valero (Asamoa, 72), Vesino, Kandreva (Lazaro, 45), Martines, Lukaku. 
Roma: Mirante, Smolling, Manchini, Kolarov, Santon (Spinatssola, 16), Pellegrini, Mxitaryan (Florensi, 89), Dzanolo, Veretu, Perotti (Jyeko, 68), Diavara.
Ogohlantirishlar: Godin (61), Lazaro (62), Manchini (77), Brozovich (81).

Ko‘proq yangiliklar: