Yangi norma: Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi nima?

Iqtisodiyot 22:21 / 06.12.2019 13874

«Konsolidatsiya bo‘yicha to‘lash foyda solig‘i bo‘yicha kiritilyapti. Bu  yangi norma. Tadbirkorlardan chiqqan taklif. U nima degani?

Beshta xo‘jalik sub'yekt, bir-birida ulushi bor. Ularning har biri foydani alohida to‘layapti. Biri foyda bilan chiqqan bo‘lishi mumkin, biri zarar bilan.

Baholash bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsam, alohida kompaniya ochishim shart. Audit bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsam, alohida kompaniya ochishim mumkin. Ana shu narsani aytganda, klaster tizimi tez joriy etilyapti.

Agar beshta korxona birgalashib, konsolidatsiya guruhida ishlamoqchi bo‘lsa, ular foyda solig‘ini bitta soliq to‘lovchida to‘laydi.

Yer solig‘i, mulk solig‘ini har biri o‘zi to‘lab kelaveradi. Lekin foyda solig‘ini birlashib hisoblaydi va bitta korxona hisobidan topshiradi. 

Bu yerda boshqa tomoni ham bor. Agar shu bitta korxonaga yuklatilgan bo‘lsa, o‘sha korxona bajarolmasa, boshqa korxonadan undirishi ham bor. 

Shu narsani inobatga olgan holda, konsolidatsiya guruhini ham 2022 yildan kiritish, joriy etish taklifi bo‘ldi», dedi Dilshod Sultonov.

Moliya vaziri o‘rinbosari dividendlarga kiritilayotgan o‘zgarishlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

«[2020 yilning] 1 yanvardan dividendning tartibini o‘zgartiryapmiz. Kaskadni olib tashlayapmiz. Oldin uchta korxona bir-birida ulushi bo‘lsa, birinchi korxona foydasini taqsimlaganida dividend to‘lab berardi, u keyin keyingisiga to‘laganida olgan foydasidan yana bir marta dividend to‘lardi. O‘sha kaskadni olib tashlayapmiz. Agar uchta korxona bir-birining tagida bo‘lgan bo‘lsa, tepasidagi dividendni hisoblaganda keyingi korxona uni hisobga oladi», deya Dilshod Sultonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: