«Arosatda qolgan odam»: Zelenskiy ilk bor Time muqovasiga joylashtirildi 

Jahon 09:26 / 06.12.2019 20839

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning surati ilk bor AQShning Time jurnali muqovasiga joylashtirildi. Surat ostiga “O‘rtadagi odam. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putin va Tramp o‘rtasida bo‘lish haqida” degan yozuv joylashtirilgan.

Nashrning Facebook’dagi sahifasida Zelenskiy jurnalning 16 dekabrda chiqadigan xalqaro versiyasida paydo bo‘lishi ma'lum qilingan. Unga bag‘ishlangan maqola “Ukraina prezidenti dunyoning eng katta siyosiy dramasida o‘z rolini qanday uddalamoqda” deb nomlangan.

Maqolada Zelenskiydan intervyu olgan jurnalist uni oxirgi marta 8 oy oldin ko‘rganini, bu vaqt ichida Ukraina prezidenti ancha o‘zgarib, “toliqqan” holda bo‘lgani, “qartayib” ketganini ta'kidlab o‘tgan. 

Maqolada amerikalik demokratlar Zelenskiyni AQSh prezidenti Donald Trampning o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilishi qurboni deb hisoblashsa, respublikachilar esa aksincha uning aybsizligining bosh guvohi deb hisoblashlari qayd qilib o‘tilgan.

Ta'kidlash joiz, Zelenskiy Ukraina prezidentlaridan birinchi bo‘lib ushbu nufuzli jurnal muqovasida joylashtirildi.

Jurnalning AQShda chiqariluvchi versiyasida esa Donald Tramp tasvirlangan bo‘lib, unda bosh mavzu AQSh prezidentining impichmentiga bag‘ishlangan.

Ukraina prezidenti lavozimini egallayotganiga hali bir yil bo‘lmagan Zelenskiy amerikalik hamkasbi ishtirokidagi mojaro markazida qolishga ulgurdi. 

Ta'kidlash joiz, Zelenskiyning Times muqovasida paydo bo‘lishi “normand to‘rtligi” sammitida ishtirok etishiga bir necha kun qolganda yuz berdi. Zelenskiy ushbu sammitda Rossiya, Fransiya va Germaniya yetakchilari bilan birga Donbassdagi vaziyatni tartibga solish masalasini muhokama qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: