O‘zbekiston OTMlari xalqaro mukofot oldi

O‘zbekiston 20:00 / 06.12.2019 8954

Jumladan, «Science Direct Top Published University» («Eng ko‘p nashr qilgan universitet») nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, «Research Output of the Year»

(«Yil kashfiyoti») yo‘nalishi bo‘yicha esa Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti taqdirlandi.

Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Growth of the Year» («Yilning eng sermahsul OTM»), Toshkent tekstil va yengil sanoat instituti «Library of the Year» («Yil kutubxonasi») nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Toshkent Turin politexnika universitetiga esa «Impact of the Year» yo‘nalishi bo‘yicha mukofot topshirildi.

Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning ta'kidlashicha, bundan 2 yil oldin mamlakatda ilmiy yo‘nalishda faol harakatlar boshlanganda hech kim bu qadar tez amaliy natija qayd etilishini kutmagan edi. Ayni paytda esa birinchi katta yutuq sifatida  Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti xalqaro QS reytingiga kiritildi.

Aziz Abduhakimov

Bosh vazir o‘rinbosari bu xalqaro tadbir ham O‘zbekiston OTMlarining ilmiy salohiyati o‘sishiga katta turtki bo‘lishi kerakligini alohida ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: