Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda bir oilaning hayoti viloyat IIB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan saqlab qolindi

Shu yilning 3 dekabr kuni tungi soat 03:00 atrofida Andijon shahri, Mustaqillik ko‘chasidagi 16-uyda yong‘in kelib chiqqan. Xonadon egasi Saydullo Eminjonov oila a'zolari bilan qattiq uyquda bo‘lgani bois yong‘in boshlanganini sezmagan.
Bu paytda mazkur hududda xizmatda bo‘lgan viloyat IIB PPX va JTSB PPX bataloni 4-otryad haydovchi-xodimi safdor M.Azizov hamda Otliq otryad otliq-xodimi safdor S.Tojiboyev yong‘inni payqab qolib, darvozani taqillatgan holda xonadon egalarini uyg‘otishga urinib ko‘rishgan. Lekin qattiq uyquda yotgan oila a'zolari darvoza taqillaganini eshitishmagan.
Bu vaziyatda xodimlar fursatni boy bermaslik uchun darvozani buzib ichkariga kirishadi va xonadon egalarini uyg‘otishadi. Xuddi shu vaqtda yong‘in birdaniga kuchayib ketib, tashqariga chiqish yo‘lagini olov qamrab oladi. IIB xodimlari zudlik bilan aloqa vositasi orqali shu atrofda xizmatda bo‘lgan sheriklarini yordamga chaqirishadi. Shundan keyin ular mazkur xonadonda yashovchi 6 kishini yong‘in bo‘layotgan xonalardan qo‘shni xonadon devoriga narvon qo‘ygan holda xavfsiz joyga olib chiqishadi.
So‘ngra voqea joyiga yetib kelgan yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari bilan birgalikda yong‘inni bartaraf etishda qatnashishadi. Shu bilan birgalikda, jamoat tartibini saqlash va boshqa fuqarolar xavfsizligini ta'minlash choralarini ham ko‘rishadi.
«Shu tariqa Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati xodimlari jasurlik, qat'iyat va tezkorlik namunasini ko‘rsatib, Eminjonovlar oilasi a'zolari – er-xotin va ularning 4 nafar farzandi hayotini saqlab qolishdi», deyiladi Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning 12 shahrida jazirama harorat tufayli 2,3 ming kishi vafot etdi
Jahon | 13:20
-
Niderlandiya sudi Rossiyaga chiplar haqida ma’lumot topshirilishi ishi bo‘yicha hukm chiqardi
Jahon | 13:09
-
Buxoroda kelinini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 7 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:41
-
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi
O‘zbekiston | 12:33
Mavzuga oid

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi

20:32 / 30.06.2025