Lukashenko uning buyrug‘i bilan 30 dan ko‘proq jinoiy to‘da yo‘q qilingani haqida so‘zlab berdi

Jahon 20:50 / 05.12.2019 10210

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 1990-yillarda uning talabi bilan bir yil ichida 30 dan ko‘proq jinoiy to‘da yo‘q qilingani haqida so‘zlab berdi. Prezidentning so‘zlarini  “SB. Belarus segodnya” nashri keltirib o‘tdi.

“Xalqni, davlatni qutqarish va tartib o‘rnatish kerak edi. Biz jinoiy to‘dalarni yo‘q qilib, uni o‘rnatdik. Menga meros bo‘lib qolgan ichki ishlar vazirligining ba'zi rahbarlari va boshqalar Minskdagi jinoiy to‘dalarni yo‘q qilishni talab qilganimda pitirlab qolgani hanuzgacha esimda. Bunday to‘dalardan 32 ta bor edi, hanuzgacha yodimda. Biz ularni bir yil ichida yo‘q qila olgandik”, deb eslab o‘tgan o‘sha voqealarni Lukashenko deputatlar oldidagi nutqida. 

Lukashenko o‘z nutqida 1990-yillar boshida jinoyatchilikning avj olishi Belarusni ham qamrab olganini eslatib o‘tgan. “Moskva-Brest yo‘li va Berlingacha yo‘ldan bemalol o‘tib bo‘lmasdi. Jinoyatchilar, avvalambor sharqdan bo‘lganlari, Smolenskdan Brestgacha mashinalarni to‘xtatgan, odamlarni otib tashlagan, bu odamlar olib ketayotgan barcha narsani ulardan tortib olgan. Shunday sharoitlarda davlatni qurishimizga to‘g‘ri kelgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Belarus prezidenti.

Ko‘proq yangiliklar: