AQShda yilning eng yaxshi filmi e'lon qilindi 

Jahon 12:14 / 05.12.2019 20613

AQSh kinotanqidchilari milliy kengashi (The National Board of Review of Motion Pictures) mukofotining 2019 yilgi sovrindorlari e'lon qilindi.   

Kengash talqiniga ko‘ra, rejissyor Martin Skorsezening “Irlandiyalik” filmi yilning eng yaxshi filmi sifatida e'tirof etilgan. Filmda bosh rollarni Robert de Niro va Al Pachino ijro etgan. Ushbu film shuningdek “Eng yaxshi adaptatsiya qilingan ssenariy” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan.

Ta'kidlash joiz, 2018 yil “Eng yaxshi film” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Yashil kitob” filmi keyinroq “Oskar” olgan.

“Eng yaxshi rejissyor” mukofoti Kventin Tarantinoga “Bir kuni Hollivudda” filmi uchun berilgan. Filmda bosh rollarni Bred Pitt va Leonardo Di Kaprio ijro etgan.

Shuningdek, Adam Sendler “Ishlov berilmagan zeb-ziynatlar” filmidagi, Rene Zellveger esa “Judi” filmidagi rollari uchun eng yaxshi aktyor va aktrisa deb topilgan. “Ikkinchi darajali eng yaxshi rol” uchun mukofotlar Bred Pitt (Bir kuni Hollivudda) va Keti Beytsga (Richard Juell ishi) topshirilgan.

Bundan tashqari, Al Pachino, Robert De Niro va Martin Skorseze “Ulug‘lar” maxsus mukofoti bilan taqdirlangan.

Mukofotlar an'anaviy ravishda Nyu-Yorkda 8 yanvarda o‘tadigan tantanali marosimda o‘z egalariga topshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: