2020 yilning bosh rangi ma'lum qilindi  

Jahon 22:05 / 05.12.2019 25595

AQShning Pantone rang instituti (Pantone Color Institute) mutaxassislari 2020 yilning bosh rangini ma'lum qilishdi. Ta'kidlanishicha, bu rang ko‘k rang bo‘ldi.  

Ushbu institut Pantone kompaniyasining tadqiqot markazi bo‘lib, u ranglar bilan tajribalar olib boradi va ularning turli sohalarga ta'sirini o‘rganadi.  

“Pantone 19−4052 Classic Blue ko‘k rangi o‘zining oddiyligi bilan nafisdir. Bu rang biz tomondan osoyishtalik rangi kabi qabul qilinadi, u osoyishtalik  hissini beradi”, deyilgan xabarda. 

Pantone Color Institute yilning bosh rangini 2000 yildan beri belgilab keladi. Institut 2019 yilda zarg‘aldoq rangi 16−1546 Living Coral’ni bosh rang sifatida tanlagandi. 

Ko‘proq yangiliklar: